Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tinchlikparvar siyosat, din va vijdon erkinligi sohasidagi davlat siyosati haqidagi ma’lumotlarni keng ommaga yetkazish, jamiyatimizdagi salbiy illatlarga barxam berish, yoshlarimiz onggini yot g‘oyalar ta’siridan asrash maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlarda minglab hamshaharlarimiz faol ishtirok etmoqdlar.
Targ‘ibot guruhining din, davlat va jamiyat qurilishi sohasida katta tajriba, ilmiy darajalarga ega mutaxassislar – Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi lektorlaridan tashkil topgani bejiz emas. Targ‘ibot tadbirlari davomida hamshaharlarimiz turli sohalarda o‘zlarini qiynab kelgan ko‘plab savollariga aniq va lo‘nda javob olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Samimiylik, ochiqlik va shaffoflik asosida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar tadbirlardan keyin ham o‘zaro suhbatlar, diniy marosimlar va tantanalarda aholi tomonidan keng muhokama etilmoqda.