Wed. May 15th, 2024

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, mahalla tizimi mutasaddilari va kun tartibidagi masalalarga aloqador boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.

 

Marufjon Usmonov jinoyatchiliklarni oldini olish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tib, o‘z vazifasiga panja ortidan qarayotgan rahbarlarga qat’iy ogohlantirish berdi.

 

“Toki mahallalarda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash tizimli yoo‘lga qo‘yilmas ekan natija bo‘lmaydi” – dedi shahar hokimi.

 

Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Nurulloxon Sultonov olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, tunggi reydlar natijalari xususida axborot berib, barcha mas’ullarni hamkorlikda ish olib borishga chaqirdi.