Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari va ta’lim sohasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda, maktablarda ta’lim samaradorligi, o‘quvchilarning ta’lim olishga va fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchiliklarning oldini olish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.
Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov, shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Nurulloxon Sultonovlar ta’lim tizimida aniqlangan kamchiliklar, o‘z vazifasini ado etishda sustkashlikka yo‘l quyayotgan maktablar mutasaddilari xususida ma’lumot berib, barchani tartib-intizomni ta’minlashga chaqirdilar.
Yig‘ilishda, shuningdek “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini yuqori saviyada tashkil etish, jamoat tartibini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.