Thu. Jul 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov o‘ziga biriktirilgan hududda jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymagan bir qator uchastka nozirlarini muborakbod etib, rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirladi.

Shahar hokimi mas’ullarga jamoat tartibini ta’minlash, mahallalarda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan tizimli ishlash, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.