Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, mahallabay ishlash tizimi mutasaddilari ishtirokida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ishsiz fuqarolarga ishlab chiqarish dastgohlarini tantanali ravishda topshirdi.
Tikuv mashinalari, inkubator, xamir qorish, elektropayvandlash uskunasi endilikda subsidiya egalariga daromad keltirib, ijtimoiy mavqeini yaxshilashga xizmat qiladi.
Hukumatimizning “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qo‘qon shahrida ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan yuzlab fuqarolar doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.