Mahallalarda hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari tomonidan “xonadonbay” o‘rganishlar natijasida aniqlangan ehtiyojmand fuqarolar tadbirkorlik va kasbga o‘qitilib, biznes faoliyatini boshlash uchun tikuv dastgohlari bilan ta’minlandi.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Kambag‘allikdan chiqarish va aholi bandligi shahar bo‘limining yangi tayinlangan rahbari Maqsudjon Axmedov va mahallalardagi hokim yordamchilari hamrohligida davlatimiz rahbarining tashabbuslari doirasida ajratilgan dastgohlarni tantanali ravishda topshirdi.
Marufjon Usmonov fuqarolar bilan muloqot qilib, tadbirkorlik faoliyati uchun zarur hom-ashyo, mahsulotlar realizatsiyasi bilan bog‘liq muammolar bilan qiziqdi.
Mustaqil tadbirkorlikka tayyor bo‘lmagan fuqarolarni mahallalardagi drayver korxonalarga biriktirish va faoliyatini monitoring qilib borish, zarurat bo‘lganda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.