Sat. Apr 27th, 2024

Xususan, Qo‘qon shahar hokimi va 1-ixtisoslashtirilgan Prezident maktabi o‘qituvchilari hamda pedagoglari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot chog‘ida Renessans davrida yoshlarning erishayotgan yutuqlari, orzu va intilishlari, salohiyatlarini yana-da keng namoyon etish imkoniyatlari muhokama etildi.

Marufjon Usmonov yoshlarga mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab o‘quvchilari xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasidya yaratilayotgan imkoniyatlar, Qo‘qon shahrida xorijiy tillar va xususan ingliz tilini o‘qitishni yangi bosqichga olib chiqish borasida joriy etilayotgan qulayliklar, progressiv tendensiyalar borasida ma’lumot berdi.

Yoshlarni butun jaxonning ayni paytdagi ilm-fan yutuqlari, dolzarb masalalari bilan yashash, internet va texnologiyalardan keng foydalanish, buning uchun xorijiy tillar, ingliz tilini mukammal egallashga chaqirdi.

Interaktiv tarzda o‘tkazilgan muloqot so‘nggida ilm-fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va ota-onalari Sertifikatlar, Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.