O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filali “Yangi O‘zbekiston yoshlar ansambli” tomonidan namoyish etilgan tomoshada yuzlab yoshlar ishtirok etdilar.
Davlatimiz rahbari tomonidan olg‘a surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy madaniyatimiz va san’atimizga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar va teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi.