Markazning tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati” davlat unitar korxonasi Bosh direktori Azizxon Xamidov, sektorlar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan bank xizmatlari sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, yangi markaz faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.