Sat. Apr 27th, 2024

Fuqarolar mummolarini “xonadonbay” o‘rganish davomida Marufjon Usmonov qo‘shiq aytishda iqtidori bor imkoniyati cheklangan o‘smirga san’at maktablari mutasaddilarini biriktirib berdi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalla tizimi mutasaddilari hamrohligida ushbu xonadonga tashrif buyurgan Marufjon Usmonov muammo-masalalarni kompleks o‘rgandi. Xususan, xonadon egalarining ishga joylashish, muddati kechiktirilgan kreditlarni to‘lash bo‘yicha murojaatlari ijobiy hal etildi.

Imkoniyati cheklangan o‘smirning iltimosiga ko‘ra unga axborot texnologiyalarini o‘rganish uchun kompyuter jamlanmasi topshiriladi. Ta’lim va sog‘liqni saqlash mutasaddilari, ijtimoiy xizmatlar markaziga fuqarodan doimiy xabar olib turish vazifasi yuklatildi.