Fri. Dec 1st, 2023

Qo‘qon shahar hokimi marufjon Usmonov “Qo‘qon ada’iy muhiti va Uchinchi renessans” mavzusidagi ilmiy amaliy anjumanda ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan buyuk ajdodlarimiz adabiy me’rosini o‘rganish va o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga singdirish, adabiyot va san’at sohasini har tomonlama rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor hususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Anjumanda Qo‘qon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, respublikamiz oliy ta’lim muassasalari va adabiyot sohasi mutasaddilari hamda qo‘shni davlatlardan kelgan olimlar ishtirok etdilar.

 

Konferensiyada Qo‘qon xonligi davridagi adabiy muhitining milliy adabiyotimiz va zamonaviy o‘zbek tiliga ko‘rsatgan ta’siri, bugungi kunda Qo‘qon adabiy muhitida shakllanib kelayotgan ijodiy g‘oyalar, yaratilayotgan asarlar muhokama etildi.