Mahallalarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj xotin-qizlar va shahrimiz ijtimoiy hayotida faollik ko‘rsatib kelayotgan ayollar, nafaqada bo‘lgan faxriylar uchun Yangi yil bayrami munosabati bilan yozilgan bayram tadbirida Qo‘qon shahar hokimi ham ishtirok etdi.
Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatimizda va shahrimizda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab quvvatlash, ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar hususida to‘xtalib o‘tib, barchani bayram bilan muborakbod etdi.
“Qo‘qon shahri gender tengligi borasida ham namuna bo‘la oladi, bugungi kunda shahrimizda ayollar turli sohalarda faoliyat olib bormoqdalar”, dedi Marufjon Usmonov.
Qo‘qon shahar hokimi bayramona dasturxon atrofida to‘planib, milliy kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘lib o‘tirgan ayollar bilan muloqot qilib, Yangi yil sovg‘alarini topshirdi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda Qo‘qon shahrida 8 mingdan ziyod ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan ayollarga yordam ko‘rsatildi.