“Obod mahalla” dasturi doirasida aholining ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, kelajakka, ertanggi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida 47-“Rayxon” mahallasida olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida, bugun ijtimoiy muhofazaga muhtoj ayollar uchun bayram dasturxoni yozildi.
Mahalla raisi ayollarni Xotin-qizlar bayrami bilan qutlab, gullar va sovg‘alar topshirdi.