Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimligi, shahar prokuraturasi va Qo‘qon universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyiha doirasida sektorlar kesimida xonadonma-xonadon yurish natijasida aniqlangan ishsiz yoshlar kompyuter savodxonligi, ingliz tili yo‘nalishlarida bepul o‘qitilmoqda.

 

Qo‘qon universitetida 3 oylik kurslar ko‘rinishida tashkil etilgan ta’lim jarayonidan oldin yoshlarga tajribali spikerlar tomonidan psixologik motivasion treninglar o‘tilmoqda. Ayni paytda ushbu loyiha doirasida Qo‘qon universitetida 40 nafar yoshlar ta’lim olmoqda.