Qo‘qon Universitetida xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, otinoyilar, umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida “Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Z.Maxkamova, Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining iqtisodiyot fanlari doktori, professori X.Abduraxmonov, Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent X.Norqulovlar ma’ruza bilan ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilari bilan oila barqarorligi, farzand tarbiyasi, ularning salomatligi, huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar va tashabbuslar muhokama qilindi va mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi.