Sun. Apr 28th, 2024

Yangi tahrirdagi Konstitusiyada e’lon qilingan ijtimoiy davlat tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash, aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish chorlari ko‘rilmoqda.

Prezidentimizning “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.

Kuni kecha Qo‘qonda Farg‘ona viloyati prokuraturasi, Qo‘qon shahar hokimligi, mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda Farmon mazmun-mohiyati, unga asosan o‘tkazilayotgan xatlovlarni amalga oshirish prinsiplari yetkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.