Thu. Mar 28th, 2024

Davlatimiz rahbarining fuqarolarning ijtimoiy muammolarini “mahallabay” hal etish, qambag‘allikdan chiqarish va hududlarni mahalladagi drayver yo‘nalishlar asosida rivojlantrish maqsadida tashkil etilgan hokim yordamchilari instituti Qo‘qon shahrida ham o‘z samarasini bermoqda.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 45-“Ashurali Zohiriy” mahallasida xonadonma-xonadon yurish natijasida hokim yordamchisi tomonidan aniqlangan muammolarni hal etish choralarini ko‘rmoqda.

 

Xususan, mahallada o‘tkazilgan qabulda temirchilik sohasida hunari bor fuqarolarning faoliyati uchun mahalladan yer maydoni ajratib berish masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Bugun Marufjon Ucmonov mahalla faollari va bir qator mutasaddilar ishtirokida mahalla hududidagi foydlanilmayotgan yer maydonidan hunarmandlar uchun ijaraga yer maydoni ajratib berdi.

 

Yangi hunarmandchilik sexlarining ishga tushirilishi natijasida mahallada 20 dan ziyod fuqarolar doimiy daromad manbai bilan ta’minlanadi.