Thu. May 23rd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilar hamrohligida Istiqlol ko‘chasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🌱 Ayni paytda Istiqlol ko‘chasidagi yashil maydonlarda tuproqlar yangilanib, manzarali daraxtlar ekilmoqda. Yo‘lning ikki chetida quyosh energiyasiga ishlaydigan tunggi yoritish tizimlari o‘rnatildi. Elektr energiyasiga ishlaydigan chiroqlarning plafonlari yangilanmoqda.

Shahar hokimi piyodalar yo‘laklaridagi qoplamalarni ta’mirlash, irrigasiya tizimlarini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.