Xususan, bugun hokim yordamchilari uchun o‘tkazilgan seminar-treningda Qo‘qon shahar hokimligi, pensiya jamg‘armasi, soliq idorasi, kadastr va ijara markazi mutasaddilari ishtirokida mahallalarda “fuqarobay” ishlash bo‘yicha ishtirokchilarning malakasi oshirildi.
Seminarda uy-joy uchun subsidiya tayinlash, fuqarolarga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar, tadbirkorlarga faoliyatini rivojlantirishda ko‘mak ko‘rsatish, yer-mulkka egalik qilish va ijaraga olish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Interfaol muloqot tarzida o‘tgan seminarda ishtirokchilarning ko‘plab savollariga javob berildi. Seminar Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy sahifasida jonli efirda ham uzatildi.