Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektor rahbarlari va mutasaddilar ishtirokida hokim yordamchilarining mahallalarda “fuqarobay” ishlashini samarali tashkil etish, ishsiz aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ijtimoiy muammolarini hal etishga doir masalalarni muhokama etib, vazifalar belgilab berdi.

 

Shahar hokimi fuqarolarning ijtimoiy hayoti bilan bir qatorda, ma’naviy dunyosini shakllantirish, mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari, Taraqqiyot strategiyasi doirasida oldimizda turgan yangi maqsadlar xususida xabardor etib borish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Marufjon Usmonov boshqa bir qator masalalarga ham to‘xtalib o‘tib, mas’ullarga vazifalar belgilab berdi.