Fri. Apr 19th, 2024

Yuzlab san’at ihlosmandlari ishtirokida hind qo‘shiqchisi, kinoprodyuseri va kinoaktirisasi Lata Mangeshkar xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan madaniy tadbirda Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxat va Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurdilar.

Tadbirda Hind va O‘zbek milliy raqs va qo‘shiqlari ijro etilib, tomoshabinlarga qo‘tarinki kayfiyat bahshida etildi. Manish Prabxat Marufjon Usmonovga hind madaniyatini targ‘ib etishga qo‘shayotgna hissasi usun minnatdorchilik izxor etib, bunday tadbirlar xalqalarimiz o‘rtasidagi rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.