Sat. Jun 22nd, 2024

1 iyun’ – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yoshlar bog‘ida tashkil etilgan tadbirga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurdi.

Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida etnoo‘yinlar, stol tennisi, shaxmat, shashka bo‘yicha musobaqalar, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari, “Er kurrasida” tinchlik mavzusida asfal’tga rasm chizish, “Ozod yurt manzaralari” rassomlik tanlovlari, hamda ijodiy ishlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Bayram tadbiriga ijtimoiy muhofazaga muhtoj 3000 ta oila farzandlari taklif etilib, havaskor badiiy jamoalar tomonidan bayram dasturi namoyish etildi.

Marufjon Usmonov yoshlar bilan muloqot qilib, dunyoqarashi, kasb-hunar va fanlarga bo‘lgan qiziqishlari xususida suhbat qurdi.

Bayramga tashrif buyurgan bolalarga shirinliklar tarqatilib, ko‘tarinki kayfiyat baxshida etildi.