Tue. Jun 25th, 2024

Uchrashuvda mahallalardagi uyushmagan va faol yoshlar, yoshlar yetakchilari Sharqiy harbiy okrug ko‘mondoni, general-mayor Saidov Aybek Azatovich bilan suhbatda bo‘lib, qiqziqtirgan savollariga javob oldilar.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ona-vatanga muhabbat va sadoqat, vatnaparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan uchrashuvda, harbiy xizmatning sharafi va imtiyozlari, tinimsiz bilim olish va foydali ko‘nikmalarni shakllantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari xususida so‘z bordi.

Uchrashuv so‘nggida eng faol ishtirok etgan qatnashchilarga Sharqiy okrug ko‘mondonligining Tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.