Mon. May 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov uy-joy sharoitini yaxshilashda yordam ko‘rsatishni iltimos qilib murojaat qilgan fuqaroning xonadonini joyida borib o‘rgandi.

 

Shahar hokimi xonadon, uning egalari va ijtimoiy sharoitlar bilan tanishib, mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Fuqaroning xonadoni ta’mirlab beriladi, uning ijtimoiy holatini yaxshilash choralari ko‘riladi.

 

Anorxon Ahmadjonova shahar hokimiga e’tibor uchun minnatdorchilik izhor etib, ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini hal etishni davlat siyosati darajasiga olib chiqqan davlatimiz rahbarini duo qildi.