Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Jaxongir Jumanov Qo‘qon shahrida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari bilan muloqot qilib, ehtiyojmand fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlik va kichik biznesga yo‘naltirish, fuqarolarning biznes tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan aholiga ehtiyoj yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan tayyor loyihalarni taklif etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.