Tue. Jun 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla tizimi mutasaddilariga aholi o‘rtasida yer va mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab borishi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda muqobil energiya manbaalaridan foydalanishni keng joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shahar hokimi bu borada yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar xususida ma’lumot berib, innovasion energiya manbaalaridan foydalanish barcha uchun foydali davr talabi ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Marufjon Usmonov mahallalar hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanoat bozorlarida sodir bo‘lgan yong‘inda mol-mulkiga zarar yetgan tadbirkorlarni imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha ham mas’ullarga vazifalar belgilab berdi.