Shu kungacha shahrimizning “Rayxon”, “Oltin vodiy”, “Shaldiramoq”, “Navro‘z”, “Istiqbol” mahallalarida minglab aholiga osh damlab tarqatildi.
Ayrim hududlarda tadbirkorlar ham tashabbus ko‘rsatib, ushbu ishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarda Qo‘qon shahar Mudofaa bo‘limining ham hissasi katta bo‘lmoqda. Osh tannovul qilgani kelgan fuqarolarga harbiylar tomonidan taqdim etilgan issiq palatkalar va suv qaynatish uskunalari xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusiga binoan, bir necha kun davomida, energiya ta’minotidagi uzilishlar tufayli issiq ovqat tayyorlashda qiyinchiliklarga duchor bo‘layotgan fuqarolarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda.