Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi va Qo‘qon shahar hokimliiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni qabul qildi.
Murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning ijtimoiy masalalarini hal etish choralari ko‘rildi.
Ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolarning muammolarini hal etishga mahalla mutasaddilari ham mas’ul etib belgilandi. Murojaatlar bo‘yicha topshiriqlar ijrosi hokimning shaxsiy nazoratiga olindi.