Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 60-yillik tavallud ayyomini nishonlayotgan 33-“Sobir Abdulla” mahallasi raisi A’zamjon Ziyovuddinovni mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, jamoat ishlaridagi fidokorona mehnatlarini e’tirof etib, Tabriknoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Sektorlar rahbarlari, deputatlar, tantana egasining hamkasblari hamda keng jamoatchilik vakillari ham mehnatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan mahalla raisini qutlab, samimiy tilaklarini bildirdilar.