Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan Ma’naviyat festivali doirasida tashkil etilgan konsert dasturida ishtirok etdi. Shahar hokimi konsert dasturida ajoyib qo‘shiqlari bilan Qo‘qonliklarni bahramand etgan san’atkorlarga chuqur minnatdorchiligini izhor etdi va Fattoxon Mamadaliev hayoti va ijodi hususida samimiy fikrlarini bildirdi.

 

Konsert dasturida Hasan Rajabiy, Gulbaxor Erkulova, Munojat Teshaboeva, Ahmadjon Dadaev, Feruzxon, Ozodbek Tillanazarov Abdulahad Abdurashidov kabi xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etib, maydonda jam bo‘lgan tomoshabinlarni bahramand etdilar.

 

Maqom kechasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialining “Yangi O‘zbekistonning yoshlar ansambli” qo‘shiqlar ijro etgan ustoz san’atkorlarga jonli ijrodagi kuylari va sahna ko‘rinishlari bilan jo‘r bo‘ldilar.