Qabulda fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda ijtimoiy muammolar bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Qabulda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Qo‘qon shahar huquqiy maslahat byurosi mutasaddilari ham ishtirok etib, fuqarolarning huquqiy masalalar bo‘yicha savollariga javoblar va yuridik maslahatlar berdilar.