Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 8th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi “Mastona” korxonasi faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish imkoniyatlari, mavjud muammolarni o‘rgandi.

Shahar hokimi korxona rahbariyati bilan muloqotda bo‘lib, qishki oziq-ovqat zahirasini yaratish, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Marufjon Usmonov ishchi, xizmatchilar bilan ham suhbatda bo‘lib, korxonada ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi.

Click to listen highlighted text!