Prezidentimizning “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (https://lex.uz/uz/docs/6137065) qaroriga asosan o‘tkazilayotgan festival’ning tantanali ochilish marosimida Turizm va madaniy me’ros vaziri o‘rinbosari Baxtiyor Ibragimov, O‘zbekiston etnosport assosiasiyasi raisi Oybek Norinboev, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovlar festival’ ishtirokchilarini qutladilar.
Festivalda Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ishtirokchilar qatnashmoqdalar.
Ayni paytda O‘rda maydonida milliy sport va etnoo‘yinlar, sirk ustalarining namoyishlari hamda ko‘rgazmali chiqishlari boshlandi.