https://youtu.be/77U-fdhp0Dk
Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirish, yosh avlod ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatan va xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ko‘rik-tanlov 15-apreldan 20-aprelga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkiloti milliy assotsiatsiyasi, ta’lim sohasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident qaroriga asosan o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Loyiha doirasida umumta’lim maktablarida ijodiy uchrashuvlar, sayyor kitob savdo-marafonlari, kitoblar mutoalalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Eng faol ishtirokchilarni esa qimmatbaxo svog‘alar kutmoqda.