Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 15th, 2024

Prezidentimizning “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroriga asosan davlat xaridlari tizimining shaffofligini ta’minlash va yanada takomillashtirish nazarda tutilgan.

 

Xususan, korporativ buyurtmachilar mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda samaradorligini oshirish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish maqsadida tanlov va tender savdolari orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga o‘tkazish belgilangan.

 

Korporativ buyurtmachilar, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari va ushbu sohaga aloqador mutasaddilar uchun o‘tkazilgan seminarda qarorning mazmun-mohiyati, elektron tanlov va tender platformalaridan foydalanish yuzasidan ma’lumot berildi.

Click to listen highlighted text!