Davlatimiz rahbarining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 1-sektor hududidagi mahalallarda 2021 yil davomida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan, 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor hamda 18 yoshgacha bo‘lgan nogironllari bor oilalarga 800 ming so‘m miqdoridagi moddiy yordam mablag‘larini topshirdi.
Shahar hokimi Prezidentimizning fuqarolarga yo‘llagan shaxsiy tabrigini o‘qib eshittirib, kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi.
Marufjon Usmonov 1-sektor hududidagi bir necha nogiron fuqarolar xonadoniga ham tashrif buyurib, Prezident nomalari, pul mablag‘lari va ijtimoiy yordam to‘rlamlarini topshirdi.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamyurtlarimiz davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun chuqur minnatdorchilik izxor etib, samimiy tilaklarini bildirdilar.