Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, 54-“Shirin” mahallasida istiqomat qiladigan ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarning nikoh to‘yida mehmon bo‘lib, to‘yona sovg‘alarini yetkazdi.
Shahar hokimi yoshlarni shodiyona bilan qutlab, uzoq-umr, mustahka sog‘lik va oilaviy baxt tiladi.
“Shirin” mahallasi raisi, deputat Akmaljon Qobilov homiyligida tashkil etilgan marosimda mahalladagi ehtiyojmand oila farzandining hatna to‘yiga ham homiylik qilindi.