Xususan, Movarounaxr ko‘chasidagi oilaviy yotoqxonada istiqomat qiladigan ehtiyojmand fuqarolar uchun Arafa kuni, Qurbon hayit ayyomi arafasida osh damlab tarqatildi.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov qozon ustida turib, aholiga oshni o‘z qo‘li bilan suzib berdi.
Yurtimizda o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va shukronalik fazilatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan saxovat tadbirida yuzlab fuqarolarga e’tibor ko‘rsatildi.