Davlatimiz rahbari raisligida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish belgilab berilgan edi.
Qo‘qonda ushbu vazifalar ijrosi doirasida Movarounaxr ko‘chasidagi oilaviy yotoqxonada istiqomat qilayotgan ehtiyojmand fuqarolar uchun osh damlanib, aholiga tarqatildi.