Sat. Jun 22nd, 2024

Iftorlik paytida osh, non va muhtojlar uchun bozor-uchar to‘plamlari tarqatildi.

Qo‘qon shahridagi Movarounaxr, Turon va Burchilik ko‘chalarida joylashgan davlat yotoqxonalarida istiqomat qiladigan fuqarolar uchun iftorlikka osh damlanib, tortiq etildi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ko‘p bolali oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ham yetkazildi.

Aholi duolarida ehtiyojmandlarga e’tibor qaratayotgan davlatimiz rahbariga o‘zoq umr tilab, samimiy minnatdorchiliklarini izhor etdilar.