Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda Farg‘ona viloyati Dzyudo federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqalarda 2005-2008 yilda tug‘ilgan yoshlar qatnashdilar. 300 nafar sportchilar ishtirokida o‘tkazilgan musobaqaning g‘oliblariga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

 

2021 yil boshidan beri Qo‘qon shahar Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi tomonidan badminton, belbog‘li kurash, mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka, yengil atletika sport turlaridan 10 ta yirik turnirlar o‘tkazildi.

 

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish bo‘yicha belgilab vazifalar ijrosi asnosida tashkil etilgan ommaviy sport tadbirlarida 5000 dan ziyod yoshlar jalb etildi.