Thu. Mar 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Farmasiya” korxonasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mavjud muammoalarni hal etish choralarini ko‘rdi.

Korxonada amalga oshirilayotgan loyihaing umumi qiymati 77 milliard so‘mga teng bo‘lib, 4 million dollarga yaqin xorijiy sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan. Dastgohlar to‘liq ishga tushirilganidan so‘ng 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Marufjon Usmonov korxona rahbari, dastgohlarni o‘rnatayotgan mutaxasisilar bilan suhbatda bo‘lib, mavjud muammolar bilan qiziqdi. Korxona rahbarining kredit borasidagi murojaati bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.