Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi turmush o‘rtog‘i bilan xaj safariga borish istagini bildirgan fuqaroning murojaatini qanoatlantirdi.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezident Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning murojaatlarini hal etish choralarini ko‘rdi.

 

Murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘tkazilgan qabulda fuqarolar bilan bir qatorda tadbirkorlik sub’ektlarining ham murojaatlari ko‘rib chiqildi.

 

Ijtimoiy yordam, tadbirkorlik masalalari bilan bog‘liq muammolar orasida 80 yoshni qoralagan Sobitxon ota Sodiqovning shahar hokimiga qilgan murojaati eng esda qolarlisi bo‘ldi.

 

“60-yil birga umrguzaronlik qildik, xaj safariga navbatim yetib keldi, ayolimsiz borgani botinolmayapman, keyingi navbat kelgunicha man bormanmi, yo‘qmanmi – yaratganga ayon, shu safarani birga ado etishimizga yordam bering”, dedi Sobitxon ota.

 

Marufjon Usmonov fuqaroning murojaatini qanoatlantirdi.