Qo‘qon shahar hokimligi Majlislar zalida davlat idoralari xizmatchilari ishtirokida yangi qonun muhokama etildi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Mehnat bandligi boshqarmasi hamda Qo‘qon shahar Adliya bo‘limi mutasaddilari yangi qonunning mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilariga nazarda tutilayotgan talablar, yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat xizmatiga ishga qabul qilishda joriy etilayotgan shaffoflik prinsiplari xususida batafsil ma’lumot berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.