Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon davlat soliq inspeksiyasi rahbari Qobiljon Abdullayevlar mahalla tizimi, soliq, kommunal idoralar, majburiy ijro byurosi mutasaddilariga aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish va hal etish, fuqarolar o‘rtasida yer va mulk solig‘i, kommunal idoralardan bo‘lgan qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lab borish, debitorlik qarzdorligini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdilar.
Ma’lumot uchun: 28-noyabr kuni shahar mahalliy byudjetiga 2 mlrd. 57 mln. so‘m soliq to‘lovlari kelib tushgan.
Marufjon Usmonov byudjet tushumlarini ta’minlashda yuqori natijalarga erishayotgan mas’ullarni e’tirof etib, o‘z faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganlarga ogohlantirish berdi.