Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 8th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, Miliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Ichki ishlar, soliq idoralari, Qo‘qon shahridagi bozorlar mutasaddilari ishtirokida bozorlarda fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini muhokama etdi.

Muhokamada mutasaddilarning davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha belgilab bergan vazifalari ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Mas’ullarga jinoyatchiliklarning oldini olish maqsadida hududlarni kameralashtirish, yong‘in xavfsizligi uskunalarini o‘rnatish, jamoat joylarida tartib-intizomni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Click to listen highlighted text!