Sektor rahbarlari, soliq idorasi, yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi, sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markazi, yo‘l qurilishi, sanoat bozorlari mutasaddilari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda 1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.
Yig‘ilishda bozorlar faoliyatini amaldagi qonunchilik asosida, tartibli tashkil etish, jamoat tartibini saqlash, haridorlar va tadbirkorlar uchun munosib sharoit yaratish borasida vazifalar belgilab berildi.