Fri. Apr 26th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rniga tashkil etilgan boshqaruv servis kompaniyalari vakillariga aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

 

Shahar hokimi ochiqlik va hisobdorlik prinsipilari asosida faoliyati yuritish, mahallalarda loyihalarni amalga oshirishdan oldin fuqarolar bilan keng muhokama etish, sarflanayotgan mablag‘lar xususida shaffof hisobot yuritish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.