Tikuv dastgohlari, noutbuklar endilikda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, daromad keltirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishi kutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “YEtim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qo‘qon shahrida “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammo va ehtiyojlari o‘rganilib, yo‘l haritasi ishlab chiqilgan edi.
Bugun yoshlarga topshirilgan uskunalar ushbu yo‘l haritasi ijrosi asosida, yetim bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlardan biri bo‘ldi.
Bir necha oy oldin “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalarga uy-joy va noutbuklar topshirilgani haqida ham ma’lum qilgan edik.
Joriy yilda Qo‘qon shahrida 25 nafar “Mehr daftari”ga kiritilgan yoshlarning turli muammolari hal etildi.