Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Mehr-muruvvat” xayriya jamoat fondi vakillari bilan suxbatda bo‘ldi. Uchrashuvda boquvchisini yo‘qotgan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 20 xonadonli qo‘pqavatli uy qurish, bepul xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy klinika va dorixona faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama etildi. Shahar hokimi ijtimoiy ob’ekt qurilishi uchun yer maydoni tanlashda shaxsan o‘zi ishtirok etib, masalani alohida nazoratda tutishini ta’kidlab o‘tdi.